Научтруд
Войти

SHARQ UYG‘ONISHI DAVRIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY VA AXLOQIY MASALALARI

Научный труд разместил:
Nasapdoba
5 сентября 2020
Автор: Nigmatov Alisher Xayrulla O‘G‘Li

SHARQ UYG&ONISHI DAVRIDA MA&NAVIY-MA&RIFIY VA AXLOQIY

MASALALARI

Nigmatov Alisher Xayrulla o&g&li alishernigmatov911 @mail.ru Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Maskur maqolada Sharq Uyg&onishi davrida ma&naviy-ma&rfiy va axloqiy masalalar qanday ahamiyat kasb etganligini bilishimiz mumkin. Maqolada asosan IX-XII asrlarda yashab ijot etgan allomalar fikrlari, axloqiy qarshlari va ular yozib qoldirgan asarlarining mazmunlari bayon e&tilgan. Bu o&z navabtida hozirgi kunda pedagogika sohasida malakali kadr bo&lishga yordam beradi.

Kalit so&z: ma&naviy-ma&rifiy, odob, axloq, go&zal xulq, ta&lim, tarbiya, pedagogika, didaktik.

SPIRITUAL, EDUCATIONAL AND MORAL ISSUES IN THE ERA OF THE

EASTERN RENAISSANCE

Nigmatov Alisher Khairullovich alishernigmatov911 @mail.ru Chirchik state pedagogical Institute of the Tashkent region

Abstract: In the article, we can find out what spiritual and moral issues are of great importance in the period of Eastern Awakening. The article mainly describes the thoughts, moral oppositions of the scientists who lived and invented in the IX-XII centuries and the contents of the works they wrote. This in turn helps to become a qualified personnel in the field of pedagogy at the present time.

Sharq Uyg&onishi davrida ma&naviy-ma&rifiy sohada asosiy masala inson muammosi bo&lib, insoniylik, insonni ulug&lash g&oyasi ta&lim-tarbiyaga oid asarlarning asosiyda rivoj topdi. Bunday asarlar islom dinni tasirida yozilgan bo&lib, u pand-nasihat, odob-axloq, yaxshlikka yo&naltiruvchi omillar yuqori o&rinda turgan.

Sharq Uyg&onish davri falsafasi va pedagogikasida ta&limiy-axloqiy yo&nalish muhim bo&lgan. Axloq masalasi faylasuflarning ham, tarixchi-yu shoir hamda adiblarning ham birdek diqqat markazida bo&ldi. Ta&limiy-axloqiy risolalar paydo bo&lib, axloqning ham nazariy, ham amaliy masalalari tahlil e&tildi. «Qutadg&u bilig», «Qobusnoma», «Hibbat ul-haqoyiq», «Guliston», «Bo&ston», «Axloqi

Jalohy»,«Axloqi Nosiriy», «Axloqi Muhsiniy», «Mahbub ul-qulub» kabi Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Ahmad Yugnakiy, Muslihiddin Sa&diy, Nasiriddin Tusiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jalohddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiyning ta&limiy-axloqiy asarlari yuqorida ta&kidlaganimiz inson shaxsini ma&naviy-axloqiy shakllantirish muammosini hal e&tish sohasida yaratilgan sof pedagogik asarlar sifatida muhim ahamiyatga hisoblandilar. Asarlarda ta&limiy-axloqiy masalalar insonning ma&naviy kamolga ye&tishishi yuksak axloqqa ega bolishi, ilm-fanni egallashdagi g&oya ilgari surilgan.

Chunki biz nazarda tutayotgan davrdan boshlab savod o&rgatish «Qur&on» va «Hadis»larni o&rganish va o&zlashtirish asosida olib borilgan. «Qur&on» va «Hadis»lardagi pand-nasihatlar ham olimlar, ham adiblar ijodiga ta&sir etgan. Ularda ilgari surilgan musulmonlikning muhim xislatlari: halollik, saxovat, himmat, mehr-u oqibat, ehson, sharm-hayo, ilm izlash, muomala qoidalari, axloq mezonlari va boshqalar o&z ifodasini topgan va Sharq adabiyotiga, jumladan, ta&limiy-axloqiy asarlarga ta&sir etgan. Ta&limiy-axloqiy asarlar bevosita Hadislarda ilgari surilgan g&oyalar asosida yaratildi. Hadislar ta&siri Yusuf Xos Hojibning «Qutadg&u bilig» asaridan boshlanib, Kaykovusning «Qobusnoma», Ahmad Yugnakiyning «Hibbat ul-haqoyiq», Sa&diyning «Guliston», Alisher Navoiyning «Mahbub ul-qulub» va boshqa asarlar negizida ko&rinadi [1].

«Hadis»lardagi pand-nasihatlarda axloq masalalariga katta e&tibor qaratiladi. Misol uchun quydagi hadisga nazar solsak:

Abu Zarr va Muoz ibn Jabal roziyallohu anhular rivoyat qiladilar: «Paygambarimiz sollallohu alayhi va sallam: "Qayerdada bo &Isang ham, Allohdan qo &rq. Qilgan har bir yomon ishing orqasidan uni yuvadigan biron-bir yaxshilikni ergashtir va insonlarga nisbatan go&zal xulq ila muomala qil" dedilar», (Termiziy, Dorimiy, Imom Ahmad rivoyatlari)[2].

«Insonlarga nisbatan go&zal xulq, ila muomala qil» deyilgan jumlada quydagicha izoh beriladi:

"Go&zal xulq, insonlarga yaxshi muomala qilish va ularga ozor bermaslikni bildiradigan insoniy fazilatdir"[3].

Sharq Uyg&onishi davri ma&naviy-ma&rifiy va axloq haqidagi fikrlatni quydagi asarlarda ham ko&rishimiz mumkin.

Yusuf Xos Xojibning "Qutadg&u bilik" asari - baxt-saodatga eltuvchi bilim, ta&lim degan ma&noni bildiradi. Asar nomidan ham uning pand-nasihat, ta&lim-tarbiyaga oid yetuk didaktik asar ekanligini bilish mumkin. "Qutadg&u bilig" asari Sharqda pandnoma turkumidagi an&anaviy kitob tuzish tartibiga rioya qilingan holda tuzilgan.

Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul-haqoyiq" asariga e&tibor qaratsak, asar boblarda, asosan, bilimning ahamiyati, jaholatning zarari, til odobi, dunyoning

foniyligi, saxovat va baxillik, kamtarlik hamda axloqlilikning eng muhim xususiyatlari e&tirof etgan.

Asarda boshqa ta&limiy-axloqning asarlar kabi insonni barkamol e&tishning asosiy belgisi bu uning xushxulqligidir, deyiladi. Shuning uchun adib asarda axloqiy tarkibiy qismi sanalgan tilni tiyish, mol dunyoga muhabbat qo&yishning oqibatlari, saxovat va baxillik, kamtarlik, jinoyat yo&lidan saqlanish haqida, xarom va halollikning farzlari, ularni bir-biridan farqlay olish, e&tiqod va sadoqat kabi masalalar ustida fikr yuritadi.

Ulug&likka etsang unutma o&zing,

Agar atlas kiysang, unutma bo&zing.

Qora bosh yag&isi qizil til turur,

Necha bosh edi u, yana ham eyur.

Endi e&tiborimizni Kaykovusning "Qobusnoma" asariga yo&naltiramiz! Kaykovusning o&zi ta&kidlaganidek, butun bir asar oxirgi bobda ta&rif berilgan javonmardlar tarbiyasiga bag&ishlangan. Kaykovus «... barcha fikr va tushunchalarim sening uchun kitobga yozdim va har bir ilm, har hunar va har peshakim bilur edim, hammasini qirq to&rt bobda bayon etdim»[4], deyish bilan har bir yoshning aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiyasiga oid turmush tajribasi bilan bog&langan holda kamolga etkazish yo&llari va usullarini bayon etgan. Kitobda javonmardlar egallashi zarur bo&lgan quyidagi yo&nalishlarda ta&lim-tarbiya berish nazariyasi ko&zda tutilgan:

1. Bilim olish haqida.
2. Hunar va turli kasb egalari haqida.
3.Turmush va xulq-odob qoidalari haqida.
4. Jismoniy yetuklik haqida.

Asar ma&zmunidan kelib chiqqan holda, javonmard uch narsadan iboratligini bilish mumkin.

1. aytgan so&zni o&zi amalga oshirish;
2. rostlikka xilof ish qilmaslik;
3. xayir ishni ilgari tutishlik;

U odamdagi qolgan barcha sifatlar bu uch narsaning ostida ekanligini ta& kidlaydi.

«Qobusnoma»da jismoniy tarbiyaga ham katta ahamiyat berilgan bo&lib, asardagi «Shikorga chiqmoq zikrida», «Urush qilmoq zikrida», «Chavgon o &ynamoq zikrida», «Sipohsolarlik shartlari va odatlari zikrida» va boshqa boblarda ko&rishimiz mumkin.

Kaykovus Pifagor aytgan quyidagi o&n xislatni har bir kishi o&zida tarkib toptirishini ta&kidlaydi. Bular: o&zidan zo&r kishi bilan urishmaslik; hasadchi kishi bilan birga jamoat o&rtasida o&tirmaslik: riyokor, ikki yuzlamachi kishi bilan do&st bo&lmaslik: yolg&onchi kishi bilan muomala qilmaslik: baxil bilan suhbatda

bo&lmaslik; g&ayr, dushman kishi bilan sharob ichmaslik; xotinlar bilan bir yerda o&tirmaslik; kishilarga sir aytmaslik; biror kishi aybingni aysa, shu aybni yo&qotishga harakat qilish; biror kishini ortiqcha maqtash yoki ortiqcha yomonlamaslik; muxtoj bo&lgan odamnigina, qahr bilan qo&rqitmaslik; gunohkorning gunohini avf e&tish; kichiklarga mehribon bo&lish; bir ishni ikki kishiga buyurmaslik kabi hayotiy tavsiyalarni keltiradiki, inson o&z hayotida har bir daqiqada bunday xatti-harakatlarga duch keladi. Kaykovus ham "Qobusnoma" asarini yozishdan maqsad o&z o&g&li Gilonshohgina emas, balki butun mamlakatidagi fuqorolariga murojat qilgan desak bo&ladi. Asarda dehqonchlikdan tortib to shohlikka qadar o&z o&gitlarini berib o&tgan.

Sharq Uyg&onishi davrida ta&lim-tarbiyaga oid ko&plab allomalarning qarashlari e&tirof etsak bo&ladi.

Abu Nasr Forobiy birinchi bo&lib ta&lim va tarbiyaga ta&rif bergan olimdir: Ta&lim - so&z va o&rganish bilangina amalga oshiriladi. Tarbiya - esa amaliyot, ish-tajriba bilan amalga oshiriladi. Ta&lim-tarbiya ikki yo&l bilan amalga oshiriladi: qanoatbaxsh, ilxomlantiruvchi so&zlar va majbur e&tish.Har kimki ilm, hikmatni desa, uni yoshligidan boshlasin, so&zining ustidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo&lsin, hiyonat, makr va hiylalardan uzoq bo&lsin, diyonatli bo&lsin, ilm va ahli ilmdan mol-dunyosini ayamasin.

Beruniy insonni tabiatning eng oliy kamoloti deb qaraydi. U insonning ma&naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik kabi ikki turga bo&ladi. Beruniy ta&limotiga ko&ra inson kamolotida uch narsa muxim ro&l o&ynaydi:

LIrsiyat. 2.Muhit. 3.Tarbiya.

Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo&llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir.

Ibn Sinoning Ta&lim-tarbiyaga doir qarashlari fikricha insonlar xulq-atvorida birmuncha nuqsonlar bor. Bular: aldash, rashk, o&ch olish, adovat, bo&xton, irodasizlik kabilardir.

U fanlar tavsifi haqida ham fikr bildirgan. Olim birinchi o&ringa tibbiyot fanlarini qo&yadi. Falsafani esa ikki guruhga-nazariy va amaliy guruhga bo&ladi. U birinchi guruhga e&tika, iqtisod, siyosatni kiritadi. Ikkinchi guruxga fizika, matematika, metafizika dunyo qonuniyatlarini o&rganuvchi barcha fanlarni kiritgan.

Ibn Sino bilim olishda bolalarni jamoa bo&lib maktabda o&qitish zarurligini ko&rsatadi va ta&limda quyidagilarga rioya e&tish zarurligini ta&kidlaydi: 1) bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo&ymaslik; 2) ta&limda yengildan qiyinga qarab bilim berish; 3) olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo&lishi; 4) o&qitishda jamoa bo&lib maktabda o&qitishga e&tibor berish; 5) bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish; 6) o&qitishni jismoniy mashqlar bilan ko&shib olib borish.

www.openscience.uz 160

Ibn Sinoning shaxsiy faolyati dunyoviy ilmlarni o&rganish haqidagi ta&limotlari, talim-tarbiya haqidagi mulohazalari umuminsoniy pedagogik fikr taraqqiyotida yuksak o&rinni egallaydi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, Sharq Uyg&onishi davrida ma&naviy-ma&rifiy va axloqiy masalalari asosiy markazda bo&lgan. Bola tarbiyasida bular muhim kasb etganligini allomalarimiz yaxshi bilishganlar. Hozirgi kunda shu davr bilimlaridan keng foydalanib, yosh avlodni ma&naviy, axloqiy, yaxshlikka moiligini, savodxonligini va h.k.larini yanada oshirish maqsadga muofiqdir. Pedagogik sohada faoliyat olib borayotgan har bir pedagog Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Ahmad Yugnakiy, Muslihiddin Sa&diy, Nasiriddin Tusiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jalohddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiy asarlarini koproq mutola qilish o&z bilimlarini oshirish kerak!

Foydalangan adabiyotlar

[1]. K.Hashimov, S.Nishonova "Pedagogika tarixi" II qism Alisher Navoiy nomidagi O&zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti T. - 2005. Bet-97

[2]. ImomMuhiddin Zakariy ibn Sharaf Nababiy "Qirq hadis" sharh va izohlar. "Sharq" nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi bosh taxriryyatib T. - 2018. Bet-94-95.

[3]. ImomMuhiddin Zakariy ibn Sharaf Nababiy "Qirq hadis" sharh va izohlar. "Sharq" nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi bosh taxriryyatib T. - 2018. Bet-97.

[4]. Kaykovus " Qobusnoma" Forschadan Muhammad Rizo Ogahiy tarjimasi 2-nashri "O&qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent - 2018 bet-257

References

[1]. K.Hashimov, S.Nishonova "Pedagogika tarixi" II qism Alisher Navoiy nomidagi O&zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti T. - 2005. Bet-97

[2]. ImomMuhiddin Zakariy ibn Sharaf Nababiy "Qirq hadis" sharh va izohlar. "Sharq" nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi bosh taxriryyatib T. - 2018. Bet-94-95.

[3]. ImomMuhiddin Zakariy ibn Sharaf Nababiy "Qirq hadis" sharh va izohlar. "Sharq" nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi bosh taxriryyatib T. - 2018. Bet-97.

[4]. Kaykovus " Qobusnoma" Forschadan Muhammad Rizo Ogahiy tarjimasi 2-nashri "O&qituvchi" nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent - 2018 bet-257

www.openscience.uz

161
ma’naviy-ma’rifiy odob axloq go‘zal xulq ta’lim tarbiya pedagogika didaktik spirituality morality